O'zbekiston

Yangi mahalliy parranda zoti yaratiladi

U 2026 yilda taqdim etilishi kutilmoqda.

Yangi mahalliy parranda zoti yaratiladi

2026 yilda O‘zbekistonda mahalliy yangi parranda zoti paydo bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu loyiha yirik agroparranda klasteri doirasida amalga oshirilmoqda. Mamlakatda 1 million tonna parranda go‘shti yetishtirish rejalashtirilgan.

 

Qishloq xo‘jaligi vaziri Samarqanddagi “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, agroparranda klasteri loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Mazkur xo‘jalik yiliga 17 ming tonna parranda go‘shti va 75 million dona inkubatsion jo‘ja yetishtirish quvvatiga ega. Yangi klaster ishga tushgach, 100 ming bosh naslli ota-ona galasi, 5 million bosh ikkinchi tartibli naslli parranda va 875 million dona tuxum ishlab chiqariladi.

 

Loyiha doirasida 700 million tonna ozuqa ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, eksport hajmi 180 million AQSH dollariga yetishi kutilayapti. Shuningdek, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham parrandachilik sohasini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

 

Samarqand viloyatida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida jo‘ja yetishtirish loyihasi boshlangan. Bu tizim orqali mahalliy aholining daromadini oshirishga erishish mumkin. Misol uchun, bir oila 40 kun ichida 500 bosh jo‘jani yetishtirib, 9 million so‘mgacha foyda olishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yangi mahalliy parranda zoti yaratiladi | Zamon.uz