O'zbekiston

DXX qalbaki dollar sotuvchilarni qo‘lga oldi

Tezkor tadbirda jami 195 ming soxta dollar aniqlangan.

DXX qalbaki dollar sotuvchilarni qo‘lga oldi

Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro va uning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi sherigi ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga soxta 100 AQSH dollari kupyurali jami 50 ming AQSH dollarini 65 mln so‘mga sotishga kelishishgan.

 

Shundan so‘ng ular Jizzax shahriga borib, xaridor bilan telefon orqali muloqot qilib, unga qalbaki pullarni shahar hududidagi xufiya joyga qoldirib ketishlarini aytib, kelishilgan summadan 39 mln 200 ming so‘mni oldindan plastik karta orqali olishgan. Ular qalbaki valyutalarni belgilangan joyga qoldirmasdan, xaridorni aldab, Toshkent shahriga qaytib ketayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Do‘stlik tumanida ushlandi va ular ketayotgan avtomashina salonidan qalbaki 51 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro viloyatida yashovchi 2 nafar shaxs hamda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zaro til biriktirib, chet davlatda tayyorlangan, har biri 100 kupyurali qalbaki 50 ming AQSH dollarini haqiqiy 25 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Ularning uchalasi ham muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

 

Toshkent shahrida qayd etilgan yana bir holatda, Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi shaxs xorijdan keltirilgan 50 va 100 AQSH dollari kupyurali qalbaki 45 ming AQSH dollarini xaridorga haqiqiy 25 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

 

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi shaxs va Toshkent viloyatining Parkent tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro qalbaki 10 ming AQSH dollarini xaridorga haqiqiy 8 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi. 

 

Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha – uning 2 nafar sherigi qalbaki 30 ming AQSH dollarini xaridorga haqiqiy 19.500 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. 

 

Namangan shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 88 dona 50 dollar kupyurali va 44 dona 100 dollar kupyurali, jami qalbaki 8800 dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

DXX qalbaki dollar sotuvchilarni qo‘lga oldi | Zamon.uz