O'zbekiston

Tesla aksiyalari bir kunda 15 foizga tushib ketdi

Bu Teslaning bozor qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

Tesla aksiyalari bir kunda 15 foizga tushib ketdi

10-mart kuni Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Tesla kompaniyasi aksiyalari 15 foizdan ko‘proq arzonlashib, dekabr oyida erishilgan barcha yutuqlarni yo‘qotdi. Donald Trampning 2024-yilgi AQSh prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasidan keyin kompaniya aksiyalari tez o‘sishni boshlagan edi, biroq bu pasayish Teslaning bozor qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

 

Dekabr oyi o‘rtalarida Tesla aksiyalari 480 dollargacha yetib, eng yuqori cho‘qqiga chiqqan edi. O‘shanda bu ko‘rsatkich Trampning saylovoldi kampaniyasi davridagi narxdan ikki baravar yuqori bo‘lgan. Hozir esa aksiyalar narxi 222 dollar atrofida bo‘lib, kompaniyaning umumiy qiymati 1,5 trillion dollardan 715 milliard dollarga tushib ketdi.

 

Mutaxassislarning fikricha, bu pasayish Tesla aksiyalarining haddan tashqari oshirib baholanganligi va investorlarning ishonchsizlik kayfiyatiga tushib qolishi bilan bog‘liq. Shuningdek, bozorning umumiy holati va elektromobil sanoatidagi raqobat kuchayishi ham kompaniyaning aksiyalariga bosim o‘tkazmoqda.

 

Taqqoslash uchun, Ford kompaniyasining bozor qiymati hozirda 40 milliard dollar, General Motors esa 48 milliard dollar atrofida baholanmoqda. Tesla aksiyalarining keskin tushishi investorlar orasida kelajakda kompaniyaning barqarorligi borasida turli xavotirlarni kuchaytirdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Tesla aksiyalari bir kunda 15 foizga tushib ketdi | Zamon.uz