Qashqadaryoda noqonuniy yog‘ ishlab chiqarish sexi aniqlandi
Hozirda holat bo‘yicha tergov haakatlari boshlangan.

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yashirin yog‘ ishlab chiqarish sexi fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro D.U. o‘z uyida qo‘lbola uskunalar yordamida yog‘ ishlab chiqargani aniqlangan.
Reyd davomida 123 kg yog‘, 212 kg xomashyo va ishlab chiqarishda ishlatilgan boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni noqonuniy ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda







