Andijonda fuqaroni poyezd bosib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida fuqaroni poyezd urib ketganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 13 mart soat 10:22 da tez yordam mashinasi yetib borgan vaqtda haqiqatdan ham 1999 yilda tug‘ilgan, kar-soqov bo‘lgan yigitcha og‘ir va karaxt holatda bo‘lgan.
U 10: 34 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib kelingan. Markaz shifokorlari og‘ir bemorni hayotini saqlab qolishga erishganlar, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan.
Hozirda bemorning holati o‘rta og‘ir, shifokorlar nazoratida, salomatlik holati ijobiy ko‘rinishda.







