O'zbekiston

Tailandda arxeologlar yo‘qolgan qadimiy shaharni topdi

Hududdan qimmatli tarixiy maʼlumotlar topilishi mumkin.

Tailandda arxeologlar yo‘qolgan qadimiy shaharni topdi

Tailand arxeologlari Nakxon Ratchasima shahrining tarixiy markazida ilgari nomaʼlum bo‘lgan qadimiy shahar izlarini aniqlashdi. Tadqiqotchilar 1950 yillarda olingan aerofotosuratlarni tahlil qilib, to‘rtburchak shakldagi sopol tepalikni aniqlashdi. Bu hudud Taxong kanali bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lib, qadimgi aholi punkti zamonaviy shaharning tarixiy qismidan ikki baravar katta – taxminan 3,4 kvadrat kilometr bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu qadimiy shahar Buyuk qirol Naray (1656–1688) hukmronligidan oldin mavjud bo‘lgan. O‘tgan vaqt davomida uning janubiy qirg‘oq qismi o‘zining dastlabki funksiyasini yo‘qotib, zamonaviy Nakxon Ratchasima shahrining markaziy yo‘liga aylangan.

 

Bu topilma hozircha masofaviy tahlillarga asoslangan dastlabki natijalar bo‘lib, arxeologlar yaqin orada dala qazishmalarini boshlashni rejalashtirishmoqda. Olimlar bu hududda yana-da qiziqarli va qimmatli tarixiy maʼlumotlar topilishiga ishonishmoqda.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ekostiker olmagan haydovchilar 4,4 million so‘m jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.