Jizzaxda Matiz haydovchisi rulda uxlab qolib, avariyaga uchradi
Holat yuzasidan YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M39 yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat YHXB Matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu YTH joriy yilning 13 mart kuni soat 06:50 atrofida yuz bergan.
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Matiz rusumli avtomobil haydovchisi rul boshqaruvida uxlab qolishi oqibatida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa, yaʼni qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan.
Oqibatda yuk avtomobiliga to‘qnashib ketgan. Aniqlanishicha, Matiz haydovchisi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.







