Samarqandda gaz tarmog'iga noqonuniy ulanish holati fosh etildi
Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jomboy tumanida joylashgan “Sh.P.” oilaviy korxonasi rahbariyatining noqonuniy faoliyati fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida korxona ish boshqaruvchisi S.A. oshxona faoliyati uchun tabiiy gazdan hisoblagichsiz foydalanib kelgani aniqlangan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, S.A. gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 124,2 million so‘mlik tabiiy gazdan tijorat maqsadida foydalangan. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.








