O'zbekiston

Tezlik uchun jarima tartibi o‘zgarishi mumkin

Endi haydovchilar belgilangan tezlikdan 10 km/soat oshirgandagina jarimaga tortiladi.

Tezlik uchun jarima tartibi o‘zgarishi mumkin

 

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga taqdim etildi. Ushbu tashabbus Vazirlar Mahkamasi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, qonun loyihasi qabul qilinsa, tezlikni oshirish bilan bog‘liq jarima tizimi o‘zgaradi.

 

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, radar va avtomobil spidometri ko‘rsatkichlaridagi ehtimoliy xatolarni hisobga olgan holda, jarima belgilangan tezlikdan 10 km/soat chegirib hisoblanadi.

 

Hozirgi amaliyotda esa bu farq 5 km/soat bilan cheklanadi. Masalan, agar yo‘lda 60 km/soat tezlik belgilangan bo‘lsa, haydovchi 69 km/soat tezlik bilan harakatlansa, unga 64 km/soat (5 km/soat chegirma bilan) uchun jarima qo‘llaniladi. Yangi qonun qabul qilinsa, bu chegirma 10 km/soat bo‘ladi va jarima 59 km/soat yoki undan yuqori tezlikda belgilangan tartibda qo‘llanadi.

 

Mazkur o‘zgarish yo‘l harakati qoidalarini yanada adolatli qilish, radar va spidometr o‘lchovlarining aniq bo‘lmaganligi sababli haydovchilarga asossiz jarima solish holatlarini oldini olish maqsadida taklif etilgan.

 

Rasmiylar ushbu qonun haydovchilarning huquqlarini himoya qilish va jarima tizimining aniq va shaffof bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Tezlik uchun jarima tartibi o‘zgarishi mumkin | Zamon.uz