O'zbekiston

NNTlar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi

U NNTlarning huquq va manfaatlari himoyasini mustahkamlaydi.

NNTlar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi

Maʼlumki, jamiyatda fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining rivojlanib borishi mamlakatning demokratik taraqqiyotida muhim jarayon hisoblanadi. NNTlar davlat va jamiyat o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib, ijtimoiy muammolarni hal etishda faol ishtirok etadi. Shu sababdan ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik normalarining takomillashtirilishi ushbu sohada rivojlanish uchun qator imkoniyatlarga yo‘l ochadi.

 

Ayni paytda muhokamaga qo‘yilgan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi deputatlari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunlariga hamda Soliq kodeksiga NNTlarning huquq va manfaatlari himoyasini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratining taʼsirchanligi va samaradorligini oshirishga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 

Taʼkidlash lozimki, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlarini qiynayotgan muammolar, qolaversa ular tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasini bugungi kun talablari doirasida ayni paytida qabul qilinayotgan qonunchilik tashabbusi desak bo‘ladi.

 

Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilingan va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan mazkur qonun loyihasi bilan quyidagi muhim o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda. 

 

Birinchidan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan NNTlarning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda. 

 

Bu esa NNTning o‘z pirovard maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida yana-da erkin harakat qilishlari va faoliyatlari davomida uchrashi mumkin bo‘lgan ayrim administrativ to‘siqlarni bartaraf etilishiga xizmat qiladi. 

 

Ikkinchidan, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasida jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra tayyorlangan yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinishi belgilangan bo‘lsada, yakuniy hujjatni ko‘rib chiqmaganlik uchun javobgarlikka tortishning aniq mexanizmi o‘rnatilmagan edi. Ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasi bilan jamoatchilik nazoratining natijalari bo‘yicha tayyorlangan yakuniy hujjatni davlat organi tomonidan ko‘rib chiqish majburiyati hamda mazkur qonunchilik talabini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan. 

 

Mazkur o‘zgarishlar NNTning joylardagi va mahallalardagi jamoatchilik nazorati tadbirlarining yakunlari bo‘yicha taʼsirchan natijalarga erishishlarini hamda faoliyatida ish samaradorligining oshishini taʼminlaydi. 

 

Uchinchidan, sohadagi ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklar hususan, NNTlar, shuningdek, ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyatini amalga oshirilishi, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ramziy belgilarni ishlatilishi, tadbirlar o‘tkazish haqida xabardor qilish tartibiga rioya qilmaslik, o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini va muddatini buzganlik uchun jarima miqdorlari sezilarli darajada kamaytirilmoqda. 

 

Mazkur yengilliklar NNTlarning byurokratik noqulayliklardan uzoqlashtirgan holda va yumshagan qonunchilik talablari asosida faoliyat yuritishlariga hamda fuqarolik jamiyati instituti sifatida o‘z funksiyalarini yana-da erkin amalga oshirishlariga sharoit yaratadi.  

 

Barcha demokratik jamiyatlarda NNTlar o‘zini o‘zi boshqarish organlari sifatida fuqarolarning turli ijtimoiy manfaatlarini himoya qiladi. Fuqarolar o‘z qiziqish va manfaatlarini individual holda emas, balki fuqarolik institutlari – turli NNTlar vositasida amalga oshiradi. NNTlarning faoliyati jamiyatda, ijtimoiy munosabatlarda qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, ularda fuqarolarning ishtiroki qanchalar faollashsa, fuqarolik jamiyati tamoyillari shunchalik darajada amal qiladi.

 

o‘ylaymanki, Qonunchilik palatasi deputatlari tashabbusi asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining yana-da rivojlanishiga, nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan yana-da qo‘llab-quvvatlashga, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga, shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

 

Azamat Pardayev,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi rahbari

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"