Piskentda ikkita yuk mashinasi avariyaga uchradi
Holat yuzasidan YHXB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, Piskent tumani hududidan o‘tgan “Toshkent -Bekobod“ avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi (dastlabki maʼlumotga ko‘ra haydovchisi uxlab qolishi natijasida) qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Natijada “Isuzu” avtomobili bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisada yuk transport vositasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etganlar.
Zudlik bilan voqea joyiga Toshkent viloyati SSB malakali tibbiy xodimlari, viloyat IIBB, FVB va boshqa tashkilot masʼullari jalb etilib, YTHning barcha ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va shifoxonaga yetkazildi.
Voqea yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.







