Iqtisodiyot

Rossiya moliya bozorida dollar narxi tushmoqda

Mutaxassislar valyuta bozoridagi holatga izoh berdi.

Rossiya moliya bozorida dollar narxi tushmoqda

 

17 mart kuni ertalab xalqaro valyuta bozorida dollar kursi 85 rubldan pastiga tushdi va bu holat oxirgi marta 11-martda kuzatilgan edi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva vaqti bilan 10:31 da dollar kursi 84,98 rublni tashkil etib, 0,32 foizga pasaygan. 11:50 ga kelib esa, kurs yana tushib, 84,34 rublga yetgan, bu esa 1,32 foizlik pasayish deganidir.

 

Yevro ham arzonlashib, 11:45 da uning kursi 91,96 rublga tushgan (-1,13 foiz).

 

Bunga qaramay, mutaxassislar kursning kelgusi kunlarda qanday bo‘lishi borasida turlicha fikr bildirmoqda. "Русский Стандарт" banki moliyaviy operatsiyalar departamenti direktori Maksim Timoshenko dollar kursining 84-86 rubl, yevroning esa 91-94 rubl oralig‘ida bo‘lishini tahmin qilmoqda.

 

Shuningdek, 21-mart kuni Rossiya Markaziy banki asosiy stavka bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, hozirgi 21 foiz stavka o‘zgarishsiz qolishi mumkin, va bu kurs o‘zgarishlariga oldindan kiritilgan hisoblanadi.

custom img

O‘zbekiston hukumati kimdan qancha qarz?

O‘zbekiston davlat qarzi 2025 yil davomida 6,6 mlrd dollarga oshib, 46,8 milliard AQSH dollardan oshdi. Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 31,9 foizga qisqardi. Tashqi qarzning teng yarmi byudjet taqchilligini moliyalashtirishga saflangan. Bir qarashda bu raqam vahimali ko‘rinadi. Odamlar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat qarzga botgani yoki Xitoyning “qarz tuzog‘iga” tushib qolgani haqidagi xavotirlar tez-tez quloqqa chalinadi. Ammo bu raqamlarga his-hayajon bilan emas, balki qatʼiy iqtisodiy nuqtayi nazardan qarasak, manzara butunlay boshqacha ekanini ko‘ramiz.

custom img

Kumush narxi tarixiy rekord darajada ko‘tarildi

Kumush narxining keskin ko‘tarilishi investorlarning qimmatbaho metallarga bo‘lgan qiziqishi kuchaygani bilan izohlanmoqda.

custom img

Dollar o‘smoqda, ammo qadrsizlanmoqda

Noyabr oyida Oʻzbekistonga kirib kelayotgan xorijiy pul o'tkazmalari qariyb 400 mln dollarga qisqargan.

custom img

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiyasi olishni boshladi

Tojikiston 2026 yil birinchi choragida Markaziy Osiyo Birlashtirilgan energetika tizimiga to‘liq o‘tilishi kutilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashish imkoniyatlarini kengaytiradi

O‘zbekiston dengiz orqali yuk tashish uchun Ozarbayjon va Turkmanistondan parom kemalarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

custom img

O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

Dollar indeksi so‘nggi uch yil ichidagi eng past darajaga tushgan edi.

custom img

Apple kompaniyasi ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga ko‘chiradi

Qaror Trampning savdo siyosati bilan bog‘liq.

custom img

1 maydan xalqaro savdo maydonchalarida xaridlar kamayadi

Qonun shaxsiy ehtiyojlar va tijorat maqsadida tovar olib kiruvchilarga qaratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"