Buxoroda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Hozirda noqonuniy gaz iste’moli bo‘yicha tekshiruvlar davom etmoqda.

Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida bir qator qonunbuzarliklar aniqlandi. Gaz ta’minoti filialining komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida bir nechta mahallalarda yashirin gaz iste’moli fosh etildi.
Aniqlangan holatlar:
Buxoro tumani, “Shergiron” MFY – fuqaro M.J. gaz hisoblagichni chetlab o‘tib, noqonuniy ulanish orqali 31,3 mln so‘m zarar yetkazgan.
Buxoro shahri, “Gulshanobod” mahallasi – fuqaro H.K. yer ostidan tortilgan plastik quvur orqali gazdan foydalanib, 32,9 mln so‘m miqdorida zarar keltirgan.
Romitan tumani, “Qumrabot” mahallasi – fuqaro S.T. issiqxonasi uchun yashirin gaz quvurini tortgani aniqlanib, 90,2 mln so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shofirkon tumani, “Qayrag‘och” MFY – fuqaro O.B. o‘z xonadonida savdo do‘koni tashkil etib, gaz isitish qozonidan noqonuniy foydalangan. Zarar miqdori 13,5 mln so‘mni tashkil qiladi.
Shofirkon tumani, “Kalon” mahallasi – fuqaro T.B. gaz hisoblagichni chetlab o‘tib, 20,5 mln so‘m zarar yetkazgan.
G‘ijduvon tumani, “G‘ijduvon” MFY – fuqaro X.Sh. rezina shlang va gaz so‘rg‘ich orqali noqonuniy gaz iste’mol qilgani aniqlanib, 14,8 mln so‘m miqdorida zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Barcha aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.







