Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi
Avtomobilda haydovchi bilan birga 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Kecha, 17-mart kuni soat 19:40 da Mirobod tumani A.Fitrat ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanaliga Lacetti rusumli avtomobil tushib ketganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi.
Ma’lum bo‘lishicha haydovchining ehtiyotsizligi natijasida avtomobil kanalga tushib ketgan. Avtomobilda haydovchi bilan birga 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Haydovchi va yo‘lovchilar avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan. Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.







