Endi nikohdan o‘tish uchun onlayn ariza berish mumkin
Shundan so‘ng bir kun ichida tibbiy ko‘rikka yo‘llanma beriladi.

Masofadan turib nikohdan o‘tish uchun avval yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tiladi va nikohni qayd etish uchun FHDYO organiga ariza yuborish xizmatidan foydalaniladi.
Shundan so‘ng ariza beruvchilar o‘zi haqidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda arizani davom ettirish uchun invoys raqamini arizaning boshqa ishtirokchisiga taqdim etadi.
Ikkinchi taraf arizani tasdiqlagan holda invoys raqamini kiritib, xizmatdan foydalanishda davom etadi.
Keyingi bosqichlarda ariza beruvchilar uchun qulay bo‘lgan FHDYO bo‘limi, nikoh marosimi qanday tartibda o‘tkazilishi tanlanadi.







