Kichik biznes uchun besh yillik strategiya ishlab chiqildi
Buning uchun xalqaro moliya tashkilotlari resurs ajratadi.

Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qo‘llab-quvvatlab, yangi biznes yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda ko‘maklashishga, buning uchun hozirning o‘zida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.
Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki "Moliyaviy ommaboplik" dasturi doirasida kichik va o‘rta biznesga 100 million dollar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “yashil” va innovatsion loyihalar uchun 200 million dollar, Fransiya taraqqiyot agentligi ayollar tadbirkorligi uchun 30 million yevro ajratmoqda.







