Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev xalqaro maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

Uchrashuvda iqtisodiy rivojlanish va boshqaruv bo‘yicha fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev xalqaro maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.

 

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

 

Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yana-da ilgari surish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonini yakunlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, xorijdagi yetakchi taʼlim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Bo‘lajak O‘zbekiston investitsiya salohiyati “roud-shousi” va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetakchi xorijiy kompaniyalar va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda yuqori saviyada o‘tkazish muhimligi taʼkidlandi.

 

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Toshkent xalqaro tijorat sudini ishga tushirishning amaliy jihatlari, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash, iqtisodiy rivojlanish sohasida fundamental tadqiqotlar olib borish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tildi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"