“Open Budjet” da g'olib bo'lgan loyihalar e'lon qilindi
Bu mavsumda 2 369 ta loyiha tasdiqlangan.

“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025 yilgi 1 mavsumi g‘olib loyihalari eʼlon qilindi. Jarayonlarda mamlakati bo‘ylab jami 10 mln 450 mingta ovoz berildi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 369 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Shu bilan birga, Quva tumanida fuqarolar majburiy ovoz to‘plashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz to‘plangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tuman bo‘yicha g‘olib loyihalar qo‘shimcha ravishda eʼlon qilinadi.







