O'zbekiston

Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi

U yiliga 120 ming tonna yuk tashish quvvatiga ega.

Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi

Yangi yuk kompleksi 5,2 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, uch qavatli maʼmuriy bino, turli tovarlarni saqlashga mo‘ljallangan omborxona, shuningdek, yengil va yuk mashinalari uchun to‘xtash joyini o‘z ichiga oladi.

 

Omborxona 8500 kv.m maydonni egallaydi va uning ichida maʼlum bir harorat rejimini saqlashni talab qiladigan tovarlar uchun 500 kv.m maydondagi sovutish va muzlatish kameralari. Xususan, omborxonada o‘simlik va tirik hayvonlar, qimmatbaho yuklar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarni saqlash uchun maxsus xonalar qurilgan. Barcha maxsus xonalar harorat o‘lchagichlari bilan jihozlangan va bu kerakli harorat rejimini o‘rnatish imkonini beradi.

 

Qayd o‘tilishicha, hozirda 1994-2000 yillarda qurilgan yuk terminali umumiy maydoni 3 gektarga yaqin bo‘lgan 20 ga yaqin eskirgan kichik va o‘rta ombor va maʼmuriy binolardan tashkil topgan. Yuk terminalining o‘tkazish quvvati aslida yiliga 30 ming tonnani tashkil etadi. Vaholanki, 2024 yilda Toshkent aeroporti salkam 80 ming tonna yuk va pochta jo‘natmalarini qabul qilgan. Maʼmuriyati va ijarachilar joylashgan bino va inshootlar ham eskirgan. Bularning barchasi yuk tashish kompleksini kengaytirish va modernizatsiya qilish zaruratidan dalolat berdi. Bugundan boshlab eski terminaldan yangi terminalga bosqichma-bosqich o‘tish boshlangan.

 

Bundan tashqari, UzCargo xodimlari, tegishli xizmatlar (bojxona, veterinariya, o‘simliklar karantini va boshqalar), import/eksport kompaniyalari vakillari, aviakompaniyalar va deklarantlar, shuningdek, yuk qabul qiluvchilar uchun 3000 kv.m maydonga ega uch qavatli yangi maʼmuriy bino qurildi. Birinchi qavatda yuk qabul qiluvchilar elektron navbat orqali xizmatlardan foydalanishadi. Ish ofislari binoning ikkinchi va uchinchi qavatlarida joylashgan. Shuningdek, barcha manfaatdor shaxslarga yengil va yuk mashinalari uchun mo‘ljallangan katta to‘xtash joyi mavjud bo‘ladi.

 

UzCargo ("Uzbekistan Airports Cargo" MCHJ) — 2022-yil 1-noyabrda "Uzbekistan Airports" AJ tarkibida tashkil etilgan sho‘ba korxona. Korxona Toshkent ayeroporti Pochta-yuk kompleksi negizida tashkil etilgan bo‘lib, aeroportda yuklarni qayta ishlash va saqlash, yuklarni ortish va tushirish hamda transport hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

custom img

Ohangaron tumanida avtobus va Lacetti to‘qnashdi

Lacetti haydovchisi va 2 nafar avtobus yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

custom img

"Toshkent xalqaro yarimmarafoni" sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Cheklovlar 6-sentyabr soat 05:00 dan 14:00 gacha amal qiladi.

custom img

Jizzaxda 33 ming aholiga mo‘ljallangan atomchilar shaharchasi quriladi

Viloyatda 9,5 mlrd dollarlik integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 39 milliondan oshdi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda statistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekistonda yagona bojxona to‘lovi stavkasi 30 foizdan 20 foizga tushiriladi

2027 yildan bojxona sohasidagi yangi strategiyaga ko‘ra, to‘lovlar pasaytiriladi va tadbirkorlar uchun bir qator talablar bekor qilinadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.

custom img

Zafarabod tumani hokimi va uning o‘g‘li YTHga uchradi

“MAZ” rusumli yuk mashinasi chapga burilish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan hokim boshqaruvidagi “KIA Seltos” bilan to‘qnashgan.

custom img

Xorijliklardan O‘zbekistonga kirish vizasi uchun 31 ming dollar olganlar ushlandi

Ular uch nafar xorijiy fuqaroga O‘zbekistonga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"