Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lmoqchi
U saylovda o‘z nomzodini qo‘yishini maʼlum qildi.

Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida maʼlum qildi.
“Men Irlandiyaning amaldagi hukumati siyosatiga qarshilik ko‘rsatishga tayyorman, chunki boshqa hech bir nomzod buni qilolmaydi”, — deya taʼkidladi Makgregor.
Makgregorning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy mavzulardan biri Yevropa Ittifoqining migratsiya paktiga qarshi chiqish bo‘ladi. Ushbu pakt Yevroittifoq davlatlarini har yili muhojirlar kvotasini qabul qilishga yoki ularni YEIga aʼzo boshqa davlatlarda joylashtirishni moliyalashtirishga majbur qiladi.
Maʼlumot uchun, Irlandiyada prezidentlik saylovi 2025 yil 11 noyabrda o‘tkazilishi kutilmoqda.







