Jahon

Tog' muzlarining erishi dunyoni og‘ir inqirozga yetaklamoqda

Muzliklarning erishi ikki milliard odamni suv va oziq-ovqatsiz qoldirishi mumkin.

Tog' muzlarining erishi dunyoni og‘ir inqirozga yetaklamoqda

 

YUNESKO ekspertlari iqlim o‘zgarishi tufayli tog‘ muzliklari va qor qatlamlarining tez erishi dunyo bo‘ylab ikki milliarddan ortiq odamni suv va oziq-ovqat ta’minotisiz qoldirishi mumkinligini ogohlantirmoqda. Tog‘li hududlardagi muzliklar qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan daryolar va suv omborlarini oziqlantiradi. Ularning yo‘qolishi suv tanqisligi va qurg‘oqchilikni kuchaytiradi.

 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra sug‘oriladigan yerlarning uchdan ikki qismi tog‘li hududlardagi suv manbalariga bog‘liq.

 

Rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu hududlarda yashovchilarning yarmidan ko‘pi allaqachon oziq-ovqat tanqisligiga duch kelmoqda.

 

AQShning Kolorado daryosi havzasi so‘nggi 20 yil ichida misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikka uchragan.

2025-yilgi Jahon suv hisobotiga ko‘ra, muzliklarning yo‘qolishi rekord darajaga yetgan:

  • Sharqiy Afrikada muzliklar 80 foiz qisqargan.
  • And tog‘larida muzliklarning yarmidan ko‘pi yo‘qolgan.
  • Alp va Pireney tog‘larida esa muzliklarning 40 foizi erib ketgan.

 

Olimlarning ta’kidlashicha, muzliklar o‘rniga tushayotgan yomg‘ir suvi tuproqqa singib ketmay, tez oqib ketadi, bu esa qurg‘oqchilik, qor ko‘chkilari va suv toshqinlariga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, muzliklarning erishi metan gazining ajralishiga olib keladi, bu esa global isishni yanada tezlashtiradi.

 

Mutaxassislar tog‘li hududlardagi chuchuk suv resurslarini himoya qilish choralarini ko‘rishni talab qilmoqda. Agar bu muammo hal etilmasa, muzliklarning erishi dunyo bo‘ylab suv va oziq-ovqat inqirozini chuqurlashtirishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"