Qashqadaryoda mahalla raisi ayolni kaltakladi
Hozirda tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida mahalla raisi ayol kishiga qo‘l ko‘targani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 15-mart kuni "Zum" mahallasi raisi yaqin qarindoshi O.B.ning uyida bo‘lgan. O‘zaro kelishmovchilik natijasida u O.B.ga nisbatan kuch ishlatgan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot organlari ekspertiza natijalari asosida qo‘shimcha ma’lumot berishini ma’lum qildi.







