O'zbekiston

Qashqadaryoda 9 nafar IIB xodimi ishdan olindi

Bir guruh xodimlarga intizomiy jazolar qo‘llandi.

Qashqadaryoda 9 nafar IIB xodimi ishdan olindi

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Qashqadaryo viloyatida kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilishda sohaviy xizmatlar va hududiy IIB rahbarlari faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlandi va shu asosda choralar ko‘rildi.

 

Xususan, viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, viloyat YHXX boshlig‘ining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi boshlig‘i, Ko‘kdala va Kitob tumanlari IIB boshliqlari, Koson va Kasbi tumanlari IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari, Muborak tumani va Qarshi shahri IIB jamoat xavfsizligi xizmati bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlaridan ozod etildi.

 

Shuningdek, viloyat IIB boshlig‘ining jamoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, yo‘l harakati xavfsizligi qidiruv-surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i va boshqa boshliqlarga keskin intizomiy jazolar qo‘llandi. Yig‘ilishda ichki ishlar organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish va xizmat intizomi hamda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan choralar muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda 9 nafar IIB xodimi ishdan olindi | Zamon.uz