O'zbekiston

Andijonda o‘quvchilarga shubhali konfet tarqatilyaptimi?

Tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berildi.

Andijonda o‘quvchilarga shubhali konfet tarqatilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi maktabda o‘quvchilarga nomaʼlum tarkibdagi konfet tarqatilayotgani haqida xabar tarqaldi. 

 

IIV tomonidan aniqlanishicha, Oltinko‘l tumanidagi maktabning 3-sinf o‘quvchisi X.M. mazkur hududda joylashgan savdo do‘konidan ming so‘mga 3 dona konfet sotib olgan. Shundan so‘ng maktabga kelgan vaqtida sinfdoshi O.A. undan shirinlikni qayerdan olganligini so‘raganda, go‘yoki notanish shaxs berib ketganligini o‘ylab topib yolg‘on aytgan. 

 

Maktab hamshirasi O.A. bolani gapidan xulosa qilib, ijtimoiy tarmoqlarga maktab atrofida shubhali konfetni maktab o‘quvchilariga nomaʼlum shaxslar berganligi haqidagi haqqoniy bo‘lmagan xabarni tarqatgan.

 

“Shuningdek, konfet isteʼmoli oqibatida bola nobud bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar ham mutlaqo haqiqatga ziddir”, deyiladi xabarda. 

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, konfetning tarkibida inson sog‘lig‘iga zararli moddalar bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida sud-kimyoviy ekspertiza tayinlangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda o‘quvchilarga shubhali konfet tarqatilyaptimi? | Zamon.uz