O'zbekiston

Farg‘onada ariqdan bola jasadi topildi

Xozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Farg‘onada ariqdan bola jasadi topildi

 

Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanida mahalliy ariqdan shaxsi nomaʼlum bolaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura maʼlum qildi.

 

Murdani 24 mart kuni soat 21:00 da “Qo‘rg‘oncha” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi ariqda mahalliy aholi aniqlab, huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Shundan so‘ng tezkor-tergov guruhi hodisa joyiga yetib borib, o‘lim sabablarini o‘rganishga kirishgan.

 

Dastlabki ekspertiza natijalariga ko‘ra, bolaning tanasida zo‘ravonlik yoki shikastlanish alomatlari aniqlanmagan. O‘limga suv bilan nafas yo‘llarining berkilishi sabab bo‘lgani maʼlum qilingan.

 

Hozirda huquq-tartibot organlari bolaning shaxsini aniqlash va uning ariqqa qanday tushib ketganini o‘rganish uchun surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda. Shuningdek, hududda bedarak yo‘qolgan bolalar haqidagi maʼlumotlar o‘rganilmoqda.

custom img

Toshkentda 12 soatlik “gaz tanaffusi”: qaysi hududlar gazsiz qoladi?

Bunga taʼmirlash ishlari sabab bo‘lib, ishlar yakunlangach, gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

custom img

Toshkentdagi yangi qurilishlar shahar infratuzilmasiga ortiqcha yuklama bermasligi kerak — Saida Mirziyoyeva

Toshkentda yangi qurilish loyihalarining infratuzilmaga ta’siri, elektr va suv ta’minoti hamda ekologik masalalar muhokama qilindi.

custom img

5,5 mlrd so‘m asossiz undirilgan: hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga ish qo‘zg‘atildi

Respublika bo‘yicha 965 ta holatda tadbirkorlardan elektr tarmog‘iga qayta ulanish uchun to‘lov olingani aniqlangan.

custom img

Rossiyadagi dron hujumlarida jabrlangan o‘zbekistonliklar: so‘nggi fuqaro vatanga qaytarildi

U O‘zbekistonda davolanishni davom ettiradi.

custom img

Ustingga qaynoq suv quysam, kuyasanmi? — Jizzaxdagi kelinga zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan ayolning holati yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

custom img

Qarshi Texnika universitetida yong‘in: binoni tutun qopladi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Transformator yong‘ini: ayrim hududlar vaqtincha elektrsiz qoldi

Yong'inga qisqa tutashuv va transformator moyining sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

custom img

Samarqanddagi portlash: mahalliy aholi norozi

Holat aholi yashash joylariga yaqin tog‘li hududda sodir bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"