Janubiy Koreyadagi o‘rmon yong‘inida 18 kishi halok bo‘ldi
23 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

Mamlakatning janubi-sharqiy qismida yuz bergan o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohat oldi. Mahalliy hukumat maʼlumotiga ko‘ra, 23 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
Olov milodiy VII asrda (taxminan 1300 yil oldin) qurilgan Gunsa buddaviy ibodatxonasini yo‘q qildi.
Janubiy Koreyaning vaqtinchalik prezidenti Xan Dok Su 21 martda boshlangan yong‘inlarni "xalqimiz tarixidagi eng dahshatlisi", deb atadi.







