Makron Ukrainaga 2 milliard yevro harbiy yordam ajratadi
Bugun Parijda Ukraina qurolli kuchlarining kelajagi muhokama qilinadi.

Kecha, 26 mart kuni Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Parijda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Makron Ukrainaga yana 2 milliard yevro harbiy yordam ajratishini eʼlon qildi.
Yangi yordam paketi Milan tankka qarshi raketalari, MISA raketalari, Mistral zenit raketalari, bronetexnika, o‘q-dorilar va dronlarni o‘z ichiga oladi. Makron bugun, 27 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan sammitda Ukraina qurolli kuchlarining kelajakdagi formati muhokama qilinishini taʼkidladi.
Zelenskiy esa o‘z nutqida AQSHning mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishiga umid bildirganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida AQSH bilan bir necha bor muzokaralar o‘tkazilgan va natijada Ukraina zaruriy yordam hamda razvedka maʼlumotlarini olgan.







