O'zbekiston

Prezident davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Yig‘ilishda joriy yilgi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Prezident davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Tadbirkorlikni rivojlantirish, yer va inshootlardan samarali foydalanish maqsadida xususiylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda. 2021-2024 yillarda 47 trillion so‘mlik davlat aktivlari sotilgan. Bu – oldingi o‘n yillikdagi ko‘rsatkichdan 30 karra ko‘p.

 

Bular hisobiga davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 karra qisqardi, iqtisodiyotda davlat ulushi 13 foizga kamaydi. Xususiylashgan mulk samaradorligi ham bir necha barobar oshdi.

 

Oldinlari, asosan, kichik korxona va obyektlar sotilgan bo‘lsa, endilikda yirik davlat aktivlari ham sotuvga chiqarilmoqda. Jumladan, Qo‘ng‘irot soda zavodi, “Foton”, “Temiryo‘lkonteyner” kabi yirik korxonalar, “International” va “Lotte” mehmonxonalari xususiylashtirildi.

 

O‘tgan yili noyabrda ilk bor “xalq IPO”si bo‘yicha Tovar-xomashyo birjasining 3 milliondan ortiq aksiyasi aholiga sotildi, 11 ming odam aksiyadorga aylandi.

 

Lekin hali tizimda kamchiliklar, hududlar va tarmoqlarda foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘p. Bo‘sh turgan joylarni iqtisodiy aktivga aylantirish, auksionga qo‘yilgan tayyor binolarni sotishda sustkashliklar bor.

 

Masalan, hududning ixtisoslashuvi, kommunikatsiya o‘tkazish imkoniyati o‘rganilmasdan auksionga chiqarilgan 1,5 ming gektar yer 1 yildan ortiq sotilmagan. 4 mingta yer uchastkasini auksionga chiqarishda kelishish jarayonlari kechikkan. Vazirlar va hokimlar o‘tgan yili sotilishi kerak bo‘lgan 243 ta mulkni Davlat aktivlari agentligiga o‘tkazib bermagan.

 

Yirik davlat korxonalarida ham ishlar jadal emas. “Avtosanoat”, “Kimyosanoat”, “Metallurgiya kombinati”, “O‘zbekneftgaz” kabi 22 ta korxona haligacha xalqaro moliyaviy hisobot yuritishga o‘tmagan. “O‘zbekiston pochtasi”, “Uzbekistan Airports”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” haligacha kredit reytingi olmagan.

 

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda bu kabi masalalarni hal etib, ishlarni jadallashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Xususiylashtirish sohasidagi 2025 yilgi maqsadlar belgilab olindi. Jumladan:

- 30 trillion so‘mlik davlat mulkini sotib, byudjetga kamida 10 trillion so‘m tushumni taʼminlash;

- 116 ta korxonadagi davlat ulushini va 581 ta ko‘chmas mulk obyektini sotuvga chiqarish;

- 6,1 ming gektar yerni auksionga qo‘yib, sotish hajmini 6 trillion so‘mga yetkazish;

- kamida 300 ta kon va maydonni tashabbuskorlarga taklif etib, 500 milliard so‘m tushum tushirish.

 

Bularning natijasida iqtisodiyotga qo‘shimcha investitsiyalar kirib kelib, tadbirkorlikka imkoniyat kengayadi, minglab ish o‘rinlari paydo bo‘ladi. 

 

Yig‘ilishda bu maqsadlarga erishish uchun bir qator yengilliklar berilishi eʼlon qilindi.

 

Endi tadbirkorlar kamida besh yil ijarada foydalangan davlat mulkini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda 632 ta shunday obyekt bor. Ushbu mulklarni ijarachilarning o‘ziga sotish orqali kamida 2 trillion so‘m tushum qilish mumkin.

 

Paxtasanoatning sotilmay qolgan 131 ta aktivlarini boshlang‘ich bahosi 50 foizgacha pasaytirilib, auksionga chiqariladi. Bunda, tadbirkorlarga to‘lovlarni uch yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

 

Hozirda respublikadagi 537 ta bozor va savdo majmualarining kamida 51 foiz ulushi mahalliy hokimliklarga tegishli. Endi bu tartib ham o‘zgaradi. Bozorlarda mahalliy hokimlikning majburiy ishtirok etishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi. Bu ham tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi.

 

Yer maydonlarini sotish bo‘yicha ham imkoniyatlar kengaytiriladi. Masalan, auksionda uzoq vaqtdan buyon sotilmay turgan, maydoni kichik bo‘lgan yonma-yon joylashgan yer uchastkalari birlashtirilib, qayta auksionga chiqariladi.

 

Davlat aktivlaridan samarali foydalanib, mahalliy byudjetga tushumni ko‘paytirish bo‘yicha yaxshi tajribalar ham bor. Misol uchun, Toshkent shahrida munitsipal toifadagi joylar xatlov qilinib, elektron bazasi yaratildi. 102 ta samarasiz bino hamda 97 gektar bo‘sh yer aniqlanib, auksionga chiqarish boshlandi. O‘tgan yili bino-inshootlar ostidagi 118 gektar yer uchastkalarini xususiylashtirishdan 60 milliard so‘m tushum bo‘ldi. Bu – 2022-yilga nisbatan 5 karra ko‘p degani.

 

Endi ushbu tajriba barcha viloyat markazlarida, keyingi yil tumanlarda joriy qilinadi.

 

Sohadagi yana bir muhim masala – davlat ishtirokidagi korxonalarni xalqaro bozorga olib chiqish. Bugungacha ushbu tizim o‘zini oqlagan va samarasini bergan. Xalqaro tashkilotlar ham buni eʼtirof etayapti.

 

Mutasaddilarga ekspertlarni jalb qilgan holda bu jarayonlarni davom ettirish vazifasi qo‘yildi. Bu yil xalqaro bozorlarda yana 28 ta, keyingi yil 10 ta yirik korxona aksiyalari ommaviy savdoga chiqarilishi belgilandi.

 

Bosh vazirga bu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlab, ijrosini har oyda muhokama qilib borish topshirildi.

 

Yig‘ilishda muhokama qilingan maslalar yuzasidan vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar axborot berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi | Zamon.uz