Toshkent metrosi hayit kuni bir soat ertaroq ish boshlaydi
Metropoliten bayram kunlari uchun ish jadvalini e’lon qildi.

Ramazon hayiti munosabati bilan 30 mart kuni Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini tonggi 04:00 dan boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Poyezdlar harakati shanba kungi jadval asosida tashkil etiladi. Shuningdek, 31 mart kuni, yaʼni qo‘shimcha dam olish kuni, metro poyezdlari yakshanba kungi grafik asosida soat 05:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.







