O'zbekiston

2024-yilda IESlarda qancha elektr ishlab chiqarildi?

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2024-yildagi faoliyati tahlil qilindi.

2024-yilda IESlarda qancha elektr ishlab chiqarildi?

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2024 yil faoliyati yakunlari jamoatchilik va OAV xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

 

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ bugun mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi asosiy generatsiya tarmog‘i hisoblanadi.

 

2024 yil davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan jami 32 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu rejaga nisbatan 3 mlrd.kVt.soatga ko‘p bo‘lib, qo‘yilgan vazifa 110 foizga bajarildi.

 

2024 yilda investitsiya loyihalari doirasida 646,14 mln. AQSH dollari o‘zlashtirildi, bunda belgilangan reja ijrosi 104,73 foizni tashkil etdi. Investitsiya dasturi doirasida yangi, zamonaviy, energotejamkor qurilmalarni joriy etish maqsadida, Tolimarjon IES AJda 1065 MVt quvvatga ega bug‘-gaz qurilmasini qurish ishlari yakuniy bosqichga kirib, yirik investitsiya loyihasi joriy yilning oxiriga qadar to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Toshkent IEMda 64 MVt bo‘lgan ikkita gaz-turbina qurilmalari ishga tushirildi. Navoiy IESda esa 650 MVt ega 3-sonli bug‘-gaz qurilmasi va Yunusobod tumanidagi 4-sonli issiqlik markazi hududida 100 MVt quvvatga ega zamonaviy gaz-porshen elektr stansiyasining qurilishiga start berildi.

 

Shuningdek, poytaxtimizning so‘nggi nuqtalarida joylashgan aholini  issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Olmazor tumanidagi “Shon-Shuhrat” mahallasi hududida yangi, zamonaviy, energotejamkor kogeneratsiya qurilmasi barpo etildi. Bu yerda 1,2 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan gaz-porshen qurilmasi hamda 6,4 Gkall issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi 2 ta Bosch qozonlari o‘rnatildi. Natijada issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotishlar 90 foizga kamaytirilishiga, qo‘shimcha yiliga 8 mln. kVt soat elektr energiyasi va 52 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishiga hamda 0,7 mln. kubmetr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Ayni paytda huddi shunday loyiha Sergeli tumani “O‘zgarish” mahallasida ham bunyod etilmoqda.

 

 

Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarini 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida jami 53 ta energoqurilmalarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada energoqurilmalarning mavjud quvvati 291 MVt hamda qozon qurilmalarining ishlab chiqarish quvvati 235 tonna/soatga oshirilishiga erishildi.

 

Hisobot davrida aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruv va strategik rivojlanish yo‘nalishida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Jamiyat jahonda rivojlangan kompaniyalar qatorida respublikada birinchilardan bo‘lib, ISO 27001 (axborot xavfsizligi),  ISO 37001 (korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – foydalanish bo‘yicha talab va tavsiyalar) ISO 44001 (korporativ boshqaruv) hamda ISO 50001 (energo tizim boshqaruvi), ISO 45001 (mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi), ISO 14001 (ekologik xavfsizlik) xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.

 

Katta to‘rtlik (Big four) auditorlik tashkilotlari sarasiga kiruvchi “Deloitte” xalqaro auditorlik tashkilotining tegishli hulosalari olinganidan so‘ng, 2025 yilning 20 yanvarida “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi aksiyadorlik jamiyatining xalqaro indikativ reytingini “BB-” “Barqaror” darajada saqlab qoldi va O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga teng darajada deb eʼlon qildi.

 

 

Shu bilan birga, Jamiyatning korporativ boshqaruv tizimini 2024 yil yakuni bo‘yicha baholash natijasiga ko‘ra, 944 ball berildi va jamiyatda korporativ boshqaruv tizimi holati “yuqori” deb eʼtirof etildi.

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ inson kapitaliga  doimiy eʼtibor qaratadi. Shu maqsadda 2024 yilda Jamiyat xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish bo‘yicha yillik reja-jadvalga asosan yil davomida 5068 ta xodimning malakasi oshirildi. 2024 yil yakuniga qadar Jamiyat va tizim korxonalarining 88 nafar xodimlari Rossiya, Xitoy, Turkiya va Qirg‘iziston, Yaponiya davlatlarida tashkil etilgan turli xalqaro forum va seminarlarda malaka oshirib qaytdilar.

 

Shuningdek, 2024 yilda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJda Korrupsiyaga qarshi komplayens xizmati o‘z faoliyatini samarali tashkil etdi.

 

Jamiyatda Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan 12 ta ichki meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solingan, hamda ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqlashtirilgan.

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi 2024 yil yakuniy ko‘rsatkichlari “E-Anticor.uz” elektron platformasi doirasida reyting baholanib, faoliyat samardorligi 84 ball bilan “yaxshi”, yaʼni “yashil” darajadagi reyting bilan qayd etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, sudyalar farovonligi adolatli va odil sudlovning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

custom img

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini tez fursatda boshlash hamda zarur texnika va mutaxassislarni obyektga yetkazishga kelishib oldi.

custom img

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkentda mast ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

custom img

Yaponiya ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

Biri texnik stajyor vizasi, ikkinchisi esa qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga kirib, ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"