Jahon

Misrda 3600 yillik noma’lum fir’avn qabri topildi

Noma’lum fir’avn Abidos sulolasining dastlabki hukmdorlaridan biri bo'lishi mumkin.

Misrda 3600 yillik noma’lum fir’avn qabri topildi

 

Misr va Amerika arxeologlaridan iborat jamoa Nil daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan qadimiy Abidos shahrida taxminan 3600 yil oldin yashagan noma’lum fir’avnning qabrini topdi. Ushbu qabr 7 metrdan ortiq chuqurlikda joylashgan bo‘lib, uning ichida tonozli shiftga ega bo‘lgan bir nechta xonalar mavjud.

 

Arxeologlar yangi topilgan ushbu qabr 2014-yilda topilgan va Seneb-Kay ismli podshohga tegishli bo‘lgan qabr bilan o‘xshashligini ta’kidlashdi. Bu esa noma’lum fir’avn Abidos sulolasining dastlabki hukmdorlaridan biri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Amerika jamoasi rahbari Jozef Vegner ushbu kashfiyotni "Abidos sulolasi tadqiqotining yangi bosqichi" deb atadi.

 

Qabr Misrdagi eng qadimgi qirollik dafn joylaridan biri hisoblanadi. Unda bo‘yalgan devor bezaklari yaxshi saqlangan bo‘lib, kiraverishdagi devor rasmlarida qadimiy Misr ilohlari-Isis va uning singlisi Neftis tasvirlangan.

 

Arxeologlarning fikriga ko‘ra, qabr o‘tgan asrlar davomida jiddiy zarar ko‘rgan. U yerda saqlanib qolgan skelet qoldiqlari aniqlanmagan, shuningdek, qabr ichida taxminan 1700 yil oldin amalga oshirilgan talonchilik izlari ham bor. Fir’avnning ismi papirus tasmalarida yozilgan bo‘lsa-da, ularni o‘qish imkonsiz bo‘lib qolgan.

 

Jozef Vegnerning so‘zlariga ko‘ra, qabrda Senayib yoki Fir’avn Pantjeni ismli shoh dafn etilgan bo‘lishi mumkin. Bu kashfiyot qadimiy Misr tarixining hali o‘rganilmagan sahifalarini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.

custom img

Qizil dengizda navbatdagi xavf: Husiylar Moxa portini egalladi

Mazkur bo‘g‘oz Qizil dengiz va Aden ko‘rfazini bog‘laydi hamda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

custom img

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

custom img

Kongodagi maktab yong‘inida kamida 24 o‘quvchi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 300 ga yaqin uy ham vayron bo‘lgan.

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

custom img

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

custom img

Eron bilan mojaro 2029-yilgacha cho‘zilishi mumkin — WSJ

Mojaro 2029 yil yanvarida AQSHning navbatdagi prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ham davom etishi mumkin.

custom img

Tramp har bir katta yoshli amerikalikka 5 ming dollardan berishni vaʼda qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi noyabr oyidagi oraliq saylovlardan so‘ng Kongress ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan AQSH fuqarosiga 5 ming dollardan dividend to‘lashni vaʼda qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"