O'zbekiston

Toshkent viloyatida noqonuniy yer savdosi fosh etildi

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida noqonuniy yer savdosi fosh etildi

 

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida noqonuniy yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq qator holatlar aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida noqonuniy savdolarga aloqador shaxslar qo‘lga olindi.

 

Bo‘stonliq tumanida yashovchi, 1980 va 1988-yillarda tug‘ilgan ikki shaxs o‘zaro til biriktirib, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatiga tegishli 20 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Shu yerning o‘zida ushbu yer uchastkasini o‘z mulki sifatida taqdim qilgan, 1964-yilda tug‘ilgan fuqaro ham noqonuniy bitim vaqtida qo‘lga tushdi.

 

Boshqa holatda, 1996-yilda tug‘ilgan shaxs qarindoshiga tegishli bo‘lgan, 2008-yilda tuman hokimligi tomonidan ajratilgan 36 sotix yer maydonini 150 ming AQSh dollariga sotishga uringan. Shuningdek, kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha 10 ming AQSh dollari talab qilgan. Natijada u 160 ming AQSh dollari olgan vaqtida dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Yana bir holatda, Toshkent shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs 72,6 sotix noturar yer maydonini 1 million 81 ming 740 AQSh dollariga sotishga kelishgan. Unga aloqador shaxslar bu yer uchastkasini turar-joy maqomiga o‘tkazib, ko‘p qavatli uy qurish uchun ruxsat olish evaziga qo‘shimcha 10 ming AQSh dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida u 110 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Hozirda barcha gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"