O'zbekiston

Namanganda 4 yoshli bola gugurt o‘ynab, yonib ketdi

Bola yerto‘lada o‘tinlarni yoqishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

Namanganda 4 yoshli bola gugurt o‘ynab, yonib ketdi

Maʼlum qilinishicha, Namanganda 3 nafar qarindoshlar yerto‘laga tushib, o‘tin va xashaklarni yoqishgan. Oqibatda yerto‘lada yong‘in yuzaga kelgan. Mazkur holat joriy yilning 23 mart kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan.

 

Aniqlanishicha, yerto‘lada olov ichida qolgan bolalarning 2 nafari 2021 yilda, yana biri 2017 yilda tug‘ilgan.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 2 nafar bolakay deraza orqali qutqarib qolingan. Vafot etgan bolakayning jonsiz tanasi esa bobosi tomonidan topilgan.

 

Shifokorlarning yordami sabab 2 nafar bolaning hayoti saqlab qolingan. Tuman tibbiyot birlashmasining xulosasiga ko‘ra, tirik qolgan bolalar yuz, bo‘yin, ikkala qo‘l, oyoq va son qismlaridan kuyish jarohatini olgan.

 

Marhumning vafotiga esa tananing 100 foiz qismi 4- darajadagi kuyish oqibatida yuzaga kelganligi, tana qismlarida to‘liq kuyish jarohati ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan marhum bolaning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi, uning xonadonida sodir bo‘lgan yong‘in sababini aniqlash uchun yong‘in texnikaviy ekspertizasi tayinlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda 4 yoshli bola gugurt o‘ynab, yonib ketdi | Zamon.uz