O‘zbekistonda “tonirovka” uchun jarima kamaytirilishi mumkin
Qonun loyihasi hozircha muhokama qilinmoqda.

Ichki ishlar vazirligi “MJtKga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Unga ko‘ra, haydovchilar oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) bo‘yicha belgilangan talablarga rioya qilmasa, ularga BHMning atigi 1 baravari (375 ming so‘m) miqdorida jarima solinishi mumkin. Bu esa avvalgi 25 baravar (9 mln 375 ming so‘m) jarimaga nisbatan ancha pastdir.
Shuningdek, agar 12 bal tizimi joriy etilsa, ushbu qoidabuzarlik uchun haydovchilarga 0,5 ball jarima belgilanishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi tartib yo‘l harakati ishtirokchilari uchun qulaylik yaratsa-da, xavfsizlik nuqtayi nazaridan muhokamalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Qonun loyihasi hozircha muhokamada bo‘lib, uning qabul qilinishi yoki kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar yuzasidan rasman ma’lumot berilishi kutilmoqda. Ayni paytda jamoatchilik ushbu taklifga turlicha munosabat bildirmoqda: ayrimlar bu qarorni qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.







