Toshkent viloyatida gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Zangiotada 1,7 milliard so‘mlik gaz talon-toroj qilingan.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi fuqaro, B.K. o‘z hovlisida qurilgan issiqxonani gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab, jami 1,7 milliard so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu holat, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq nazorat tadbirlari davomida fosh etildi. Fuqaro B.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent viloyatida shu kabi noqonuniy gazdan foydalanish holatlari ko‘payib borayotgani ma'lum. Masalan, bir qator issiqxonalar orqali, jami 618,4 million so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi. Samarqandda esa 1 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlik qilingan ikki issiqxona aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahrida 590 million so‘mlik gazni noqonuniy ishlatgan issiqxona ham fosh etildi.







