Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi
“Yurtimizga qut-baraka yog‘ilsin”, deyiladi tabrik matnida.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi.
“Hurmatli vatandoshlar!
Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
Ushbu muqaddas ayyom sharofati bilan jamiyatimizda o‘zaro hurmat-ehtirom, jahonda tinchlik-osoyishtalik hukm sursin.
Yurtimizga qut-baraka yog‘ilsin. Barcha ezgu orzu-umidlaringiz amalga oshsin, azizlar!”, deyiladi tabrik matnida.
⠀







