Andijonda masjid tahoratxonasidagi portlashda 3 kishi halok bo‘ldi
Portlash yuzasidan tergov ishlari boshlangan.

Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 10 nafari jarohatlandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa joyiga ikki qutqaruv guruhi va ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Portlash natijasida tahoratxonaning devor va tom qismlariga zarar yetgan, ammo yong‘in sodir bo‘lmagan.
Hodisa joyida viloyat hokimi, huquq-tartibot organlari hamda “Hududgazta’minot” mutaxassislari ishlamoqda. Shuningdek, vodiyda xizmat safarida bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari O. Ramatov va Favqulodda vaziyatlar vaziri B. Qudratxo‘jayev ham voqea joyiga yetib kelgan.
Hozirda hodisaning sabablari aniqlanmoqda, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.







