Qamchiqda yuk mashinasi avariyaga uchradi
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Kecha, 31 mart kuni soat 18:15 da Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Toshkent - Vodiy yo‘nalishida “Isuzu” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa borib urilgan. Bu haqida “Qamchiq” maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga Qutqaruv otryadi, Avariya-qutqaruv otryadi va YPX xodimlari yetib kelishdi. Maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida “Isuzu” avtomobili xavfsiz hududga olib chiqilgan.







