Tailandda sayyohlar bo‘lgan kater portlab ketdi
Bortda jami 31 yo‘lovchi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, kemada rossiyalik va qozog‘istonlik sayyohlar bo‘lgan. Hodisa natijasida rossiyalik erkak kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Qolgan sayyohlar portlash vaqtida dengizda bo‘lgan, ular jabrlanmagan va o‘z mehmonxonalariga qaytgan.
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.







