O'zbekiston

“Temu” O‘zbekistonga 46 milliard so‘m soliq to‘lashi kerak

Muzokaralar hali davom etmoqda.

“Temu” O‘zbekistonga 46 milliard so‘m soliq to‘lashi kerak

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Xitoyning Temu elektron savdo platformasidan 46 milliard so‘m miqdorida soliq qarzdorligini talab qilmoqda. Soliq qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsada, avvalgi faoliyati davomida to‘lanmagan soliqlar bo‘yicha masalalar hali ham ochiq qolmoqda. Muzokaralar davom etayotgan bo‘lib, yakuniy qaror eʼlon qilinishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi fuqarolarni Temu platformasidan buyurtmalar bermaslikka chaqirdi. 2025 yil 20 martdan boshlab Temu platformasining O‘zbekistonda faoliyati cheklangan, chunki u elektron tijorat, reklama va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mahalliy qonunlarga mos kelmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"