O'zbekiston

Toshkent avtobuslarida chiptasiz yurganlar jarimaga tortilmoqda

Bu bo‘yicha reydlar 14 martda boshlangan.

Toshkent avtobuslarida chiptasiz yurganlar jarimaga tortilmoqda

Toshkent shahri jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi bilan birgalikda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamasdan tushib ketayotgan yo‘lovchilarni aniqlash bo‘yicha kuchaytirilgan reydlar boshlandi. Bu haqida Transport nazorati inspeksiyasi axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, aksariyat yo‘lovchilar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib, tizim qulayligini eʼtirof etayotgan bir pallada, ayrimlar yo‘l haqini hech qanday sababsiz to‘lamasdan avtobusdan tushib ketayotgani tez-tez uchrab turibdi.

 

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasining aniqlik kiritishicha, chiptasiz yurganlarni jarimaga tortish 14 mart sanasidan boshlangan.

 

Ularga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-bandiga asosan yo‘lovchining shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi BHMning o‘ndan bir qismi — 37 ming so‘m miqdorida jarima solinadi.

 

To‘lov bir martalik QR-chiptalar yordamida amalga oshirilganda, uni safar davomida saqlab qolishi hamda nazoratchi va inspektorlarining so‘roviga asosan ularga ko‘rsatishlari lozim. Xodimlar bunday tekshiruvlarni har kuni o‘tkazadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent avtobuslarida chiptasiz yurganlar jarimaga tortilmoqda | Zamon.uz