O'zbekiston

Xorazmda 21 yoshli yigit benzin sisternasi ichida vafot etdi

U sisternani tozalash uchun borgan bo‘lgan.

Xorazmda 21 yoshli yigit benzin sisternasi ichida vafot etdi

Joriy yilning 27-mart kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida 2004-yilda tug‘ilgan yigit katta benzin sisternasining ichiga tushib, chiqolmasdan vafot etdi.

 

Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyatining Shovot tumani tibbiyot birlashmasi shifokori IIBga murojaat qilib, tumandagi “Shohobod 2022” MCHJ benzin quyish shoxobchasining sisternasi ichida 19-20 yoshlar atrofida bo‘lgan shaxs vafot etganligini aytgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 1999-yilda tug‘ilgan, ushbu benzin quyish shoxobchasida ishchi-operator bo‘lib ishlovchi fuqaro I.K. 27 mart kuni soat 13:30 larda tanishi Z.R.ning uyiga borib, benzin quyish shoxobchasidagi 10 tonnalik sisternaning ichini tozalash kerakligini, evaziga ish yakunlangandan so‘ng xizmat haqini berishini aytgan. 

 

So‘ng Z.R. vaqti yo‘qligini va farzandi M.O. bilan birgalikda sisternani ichini tozalashini aytgan. Fuqaro I.K. 2004 yilda tug‘ilgan M.O. bilan birgalikda soat 15:30 larda benzin quyish shoxobchaning sisternasini tozalashni boshlagan.

 

Ish davomida M.O. sisternaning ichiga narvon qo‘yib, qo‘lida belkurak bilan tushib tozalayotgan vaqtda sisterna ichidagi yoqilg‘i qoldiqlari hididan zaharlanib, hushidan ketgan.

 

Bu holatni I.K. ko‘rib, unga yordam berish uchun sisterna ichiga tushib, M.O.ni ko‘tarib chiqayotgan vaqtida o‘zi ham hushini yo‘qotishni boshlagan. Shu vaqtda I.K.ning ukasi O.O. kiyimidan ushlab tortib olgan, M.O. esa sisterna ichida hushsiz qolib ketib, vafot etgan.

 

Maʼlumot uchun, Z.R. va farzandi M.O. 2024 yil davomida ushbu benzin quyish shoxobchasining sisternalarini 4 marta tozalab bergan va evaziga har biri uchun 100-150 ming so‘m olgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Xorazmda 21 yoshli yigit benzin sisternasi ichida vafot etdi | Zamon.uz