O'zbekiston

3 aprel uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

Respublikada kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.

3 aprel uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3 aprel kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo  o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda 10 dan ortiq narkojinoyatlar bo‘yicha jazo choralari og‘irlashtiriladi

Narkolaboratoriya tashkil etish, narkotiklarning noqonuniy muomalasiga rahnamolik qilish, bangixona tashkil qilish uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda.

custom img

Toshkentda Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining bir qismi o‘pirildi

Hodisa oqibatida yaqin atrofdagi bino va inshootlar, boshqa obyektlar hamda aholi xonadonlariga zarar yetmagan.

custom img

O‘zbekiston va Jazoir siyosiy hamda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, Qo‘shilmaslik harakati, BMT va boshqa ko‘p tomonlama platformalarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

custom img

O‘zbekistonda bolalarga transport vositasini boshqarishga berganlarga javobgarlik kuchaytiriladi

Voyaga yetmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi oqibatida yo‘llarda o‘lim va og‘ir jarohatlar bilan bog‘liq hodisalar kuzatilayotgani qayd etildi.

custom img

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston nechanchi o'rinda?

"Oq bo‘rilar" mundial oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatidan so‘ng FIFA reytingida 6,47 ochko yo‘qotgandi.

custom img

“Do‘stlik” chegara postida valyutani poyabzali ichiga yashirgan shaxs aniqlandi

Boshqa bir yo‘lovchi ham 771 ming rublini bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi

Endilikda jamoaviy mehnat nizosini yarashtirish yo‘li bilan hal etishning imkoni bo‘lmasa, mehnat jamoasi ish tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

custom img

Eng arzon go‘sht qayerda sotiladi?

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev olib borgan tadqiqotga ko‘ra, Jizzax, Namangan, va Qashqadaryo viloyatlarida go‘sht narxi boshqa viloyatlarnikiga qaraganda qimmat narxda sotilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"