O'zbekiston

Endi O‘zbekiston diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar o'tkazildi.

Endi O‘zbekiston diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin

 

Joriy yilning 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux G‘ulomov Germaniyaning ta'lim va migratsiya sohasidagi mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

 

Uchrashuvda delegatsiya tarkibida Germaniyaning hududiy savdo-sanoat palatalari direktorlaridan, shuningdek, GP Günter Papenburg AG kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari rahbarlaridan iborat vakillar ishtirok etdi. Ular, ikki tomonlama aloqalarni kuchaytirish va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirgan.

 

Asosiy muhokama qilinadigan masalalar orasida:

O‘zbekiston yoshlarini ilg‘or texnologiyalarni o‘rgatish va keyinchalik ularni Germaniya korxonalarida ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi;

 

Germaniyalik mutaxassislarga O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozlar berish;

 

O‘zbekiston diplomlarining Germaniyada tan olinishi hamda O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining Germaniya Ta'lim vazirligining ANABIN ma'lumotlar bazasiga kiritilishi muhokama qilindi.

 

Shuningdek, Germaniyada o‘zbek mutaxassislariga va yoshlariga imkoniyatlar yaratish, ikki mamlakat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi va investitsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.