Lifestyle

Global isish dunyo iqtisodiyotiga tahdid solmoqda

Iqlim o‘zgarishi kambag‘allikni keskin oshirishi mumkin.

Global isish dunyo iqtisodiyotiga tahdid solmoqda

 

Avstraliyalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra global isish davom etib sayyoradagi harorat 4 darajaga ko‘tarilsa,bu dunyo iqtisodiyotiga og‘ir zarba beradi.

 

Bunday holatda yer yuzidagi aholining 40 foizi kambag‘allashishi mumkin. Bu avvalgi taxminlardan to‘rt baravar yuqori ko‘rsatkichdir.

 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, global harorat sanoat davridan oldingi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 darajaga ham oshsa, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 16 foizga kamayadi. Oldingi prognozlar esa bunday pasayishni bor-yo‘g‘i 1,4 foiz atrofida deb baholagan edi.

 

Tadqiqotchilar global isishning oldini olish choralari ko‘rilmasa, dunyodagi iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlik yanada chuqurlashishini ta’kidlamoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"