O'zbekiston

O‘zbekistonda yoqilgi-energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi

Tumanlarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etiladi.

O‘zbekistonda yoqilgi-energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yoqilgi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalash va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida, O‘zbekistonda yoqilgi-energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi.

 

Qaror bo‘yicha, tumanlarda elektron platformalarni yangilash va ishchi guruhlar tuzish rejalashtirilgan. Har bir tuman (shahar)da energiya balansini ishlab chiqish va samarali bajarilishi, shuningdek, energiya tejash dasturlarini amalga oshirishga oid tuman (shahar)lararo idora guruhlari tashkil etiladi. Bu guruhlarning boshliqlari tuman (shahar) prokurorlari bo‘ladi.

 

Qarorning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Yoqilgi-energiya resurslaridan foydalanuvchi davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha umumiy va hududiy shtablarga qo‘shimcha vazifalar yuklanadi;

 

Tuman (shahar)lardagi idora-guruhlarning ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari tasdiqlanadi;

 

Har bir tuman (shahar)da energiya resurslarini tejash va tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha rejalar asosida nazorat amalga oshiriladi.

 

Shu bilan birga, Bosh prokuratura va Energetika vazirligi hamda boshqa davlat tashkilotlari, jumladan, Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zenergoinspeksiya, Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda nazorat va monitoring imkonini beruvchi elektron platformalarni takomillashtiradi. Vazirliklar va boshqa tashkilot rahbarlari esa energiya tejash ko‘rsatkichlarini platformalarda muntazam aks ettirib borish va bu ma’lumotlarning haqiqiyligiga javobgar bo‘ladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda yoqilgi-energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi | Zamon.uz