Qo‘qonda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Yana bir kishi shifoxonada davolanmoqda.

Joriy yilning 2 aprel kuni Qo‘qon shahrida bir oilaning to‘rt nafar aʼzosi — uch nafar voyaga yetmagan bolalar va ularning onasi is gazidan zaharlanib vafot etgan. Erkak esa hozirda shifoxonada.
Aniqlanishicha, dudbo‘ronga yomg‘ir suvlari to‘lib qolishi oqibatida shu holat sodir bo‘lgan.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar qilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







