Toshkentda yuk transporti harakatlari vaqtincha cheklanadi
4–9-aprel kunlari yuk tashuvchi transport vositalari faqat halqa yo‘li orqali harakatlanadi.

2025-yil 4-apreldan 9-aprelga qadar Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan poytaxtning markaziy ko‘chalarida yuk transport vositalarining harakati vaqtincha to‘liq cheklanadi.
Shu sababli barcha turdagi yuk tashuvchi transport vositalari – og‘ir va yengil yuk mashinalari faqat Toshkent halqa avtomobil yo‘li orqali harakatlanishlari mumkin. Haydovchilardan ushbu vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilish so‘raladi.







