O'zbekiston

Namanganda 36 yoshli erkak noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti natijasida vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Namanganda 36 yoshli erkak noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti natijasida vafot etdi

Namangan viloyati Pop tumanida 36 yoshli erkakning noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti natijasida vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi. Xabar berilishicha, 27-mart kuni Pop tumanining «Chinor» mahallasida yashovchi Xojiakbar Kirgizovning tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Xojiakbar Kirgizov 13-mart kuni fermer xo‘jaligiga qarashli traktor tirkamasidan yiqilib, tan jarohati olgan. U o‘sha kuni darhol tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan va jonlantirish bo‘limida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Shuningdek, tibbiy muolajalar ham amalga oshirilgan. Biroq, barcha tibbiy harakatlarga qaramay, Xojiakbar Kirgizov 27-mart kuni vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tibbiy ekspertiza tayinlangan.Shuningdek, shifokorlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi ham o‘tkazilmoqda.

 

Namangan viloyati prokuraturasi holatni jiddiy nazoratga olib, Pop tumanidagi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijalari bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda 36 yoshli erkak noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti natijasida vafot etdi | Zamon.uz