O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi

SPEKA dasturining jamg‘armasini ishga tushirish muhim ekani taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 aprel kuni Samarqand iqlim forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchanni qabul qildi.

 

Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

 

Davlatimiz rahbari komissiyaning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim o‘rnini, shuningdek, transport, innovatsiyalar, to‘qimachilik, energetika, ekologiya va gender tenglik sohalarida, O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi masalalarida ko‘rsatilayotgan ekspertlik ko‘magini alohida qayd etdi.

 

Mintaqaviy va mamlakat miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023 yil noyabr oyida Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida bildirilgan tashabbuslarni amaliy ilgari surish jihatlari muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan SPEKAning 2030 yilgacha rivojlanish konsepsiyasi qabul qilingani, YEIK bilan savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolangani, Transkaspiy yo‘lagi doirasida raqamlashtirish va hujjatlar almashinuvi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Yil boshida komissiya ko‘magida O‘zbekiston Aholining ekologiya holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotdan foydalanishi to‘g‘risidagi Orxus konvensiyasiga qo‘shildi.

 

Havo konvensiyasi va Sanoat avariyalarining transchegaraviy taʼsiri to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish masalasi ishlab chiqilmoqda.

 

SPEKA dasturining Maqsadli jamg‘armasini tez fursatda ishga tushirish muhim ekani taʼkidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi | Zamon.uz